1 -maydan boshlab bojxona limiti o'zgardi.
Endi har oy faqat $200 gacha boj to'lovisiz buyurtma qilish mumkin.(Bu standart tarifga tegishli)
● Har bir jo'natmada bir jismoniy shaxsning manziliga bir jo'natmadagi qiymati 200 AQSh dollaridan oshmaydigan va bir jo'natmadagi og'irligi bir jo'natma ichida 30 kg dan oshmaydigan tovarlarni bojxona to'lovlari/soliqlarisiz olib kirish mumkin bo'ladi bir oy mudatini uchida
● Har bir jo'natma qiymatining oshib ketgan holatida 30% boj to'lanadi.
● Muhim eslatma:
Agar mijoz taqdim qilingan pasport bo'yicha shu oyda oldindan boshqa buyurtma qilganini aytmasa, biz buni oldindan aniqlay olmaymiz.
Bunday holat faqat yuk bojxonadan o'tayotganda ma'lum bo'ladi.
Shu sababli, pasport limiti oshib ketgan yuklar uchun biz mas'uliyat olmaymiz.
● Jismoniy shaxslar biologik faol qo'shimchalarni shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun tegishli ruxsatnomalarsiz quyidagi miqdorlarda olib kirishi mumkin:
suyuq holda va sirop ko'rinishida - 10 flakondan, kukun shaklida - 0,5 kg gacha, tabletka shaklida - 100 donagacha, kapsula ko'rinishida - 100 dona yoki PET-idishlarda 4 donagacha, quritilgan holatda (gul, o'simlik tanasi qismi va ildizi) - 0,5 kg gacha Batafsil...(
https://lex.uz/docs/-1772402)
Agar buyurtma yengil bo'lsa, lekin o'lchamlari katta bo'lsa, uni oddiy vazn emas, hajmiy vazn bo'yicha hisoblashadi.
Ya'ni, uzunlik, kenglik va balandlik o'lchamlari ko'paytiriladi, so'ngra 6000 ga bo'linadi.
Misol:
50 sm × 40 sm × 30 sm = 60 000
60 000 ÷ 6000 = 10 kg hajmiy vazn
Shunday qilib, ushbu quti 10 kg deb hisoblanadi, hatto asl vazni undan kam bo'lsa ham.
Vaqtida (So'ngi qabul kuni) to'ldirilmagan Anketa tijoriy yuk hisobida rasmiylashtiriladi.